Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya: Sud "Snos"ga tushgan uy uchun 467 millionga yaqin kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi.


Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari toʻla taʼminlanmoqda. Namangan

 viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrnida koʻrib chiqilishi esa aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan shahar, "Dambogʻ" mahallasida yashovchi fuqaro Namangan shahar hokimining tegishli qarori bilan buzilgan Namangan shahar, Uychi koʻchasida joylashgan “Savdo doʻkoni” bino-inshootlari uchun kompensatsiya pullari undirish boʻyicha qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, Namangan viloyatining yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish, shuningdek, magistral koʻchalar boʻyicha zamonaviy obʼektlar qurish, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish asosida shaharning markaziy qiyofasini arxitektura talablari asosida tubdan yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining tegishli farmoyishlariga asosan Uychi koʻchasida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan turar va noturar joy obektlarining buzilishi paytida Namangan shahar hokimining qaroriga asosan, Uychi koʻchasida joylashgan “Savdo doʻkoni” bino-inshootlari ham buzib tashlangan. Biroq, murojaatchiga kompensatsiya pullari toʻlab berilmagan. Viloyat adliya boshqarmasining oʻrganishlari davomida murojaatchiga toʻlanmay kelinayotgan mablagʻlar undirib berishda amaliy yordam koʻrsatildi.

Mazkur murojaat atroflicha oʻrganilib, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish munosabati bilan yetkazilgan zararni, yaʼni baholash hisobotidagi 466 186 939 soʻm miqdoridagi kompensatsiya pulini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga davo ariza kiritildi va murojaat ijobiy hal etildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularning qonuniy manfaatlari taʼminlab kelinyapti. Bu esa fuqarolarning davlat idorasiga bo'lgan ishonchini yanada ortishiga sabab bo'lmoqda.


Dilshodbek Abdullayev,
Namangan viloyati adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi