Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Namangan viloyatida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi davomida mahallalarda fuqarolarni birma-bir xatlovdan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda.


Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi va boshqa turdagi guvohnomalar rasmiylashtirilib berilmoqda.

Jumladan, Namangan tumani “Mirishkor” mahallasida yashovchi fuqarolar Nuritdin Tojiboyev va Muhabbat Azimova 26 yildan buyon qonuniy nikohdan oʻtmay yashab kelayotgani aniqlandi. Aksiya doirasida nikoh tuzganlik haqidagi guvohnoma uyiga borgan holda tantanali topshirildi.

Shuningdek, chustlik Jasurbek Usmonov 2009- yilda tugʻilgan lekin, ota-onasining eʼtiborsizligi sabab tugʻilganlik guvohnomasini oʻz vaqtida qayd etilmagan edi. Aksiya doirasida Jasurbek ham hujjatga ega boʻldi.





Namangan viloyati adliya boshqarmasi