Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo’yicha qaror qabul qilindi


“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

·       Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomi;

·       O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tashkiliy tuzilmasi;

·       Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi tarkibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga asosan, Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi mahallalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi, daromad va xarajatlar hamda dasturlarni tasdiqlovchi oliy organ hisoblanadi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Konferensiyasi Uyushmaning yuqori organi bo‘lib, kamida uch yilda bir marta chaqiriladi.

Qarorga asosan, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joy ijara xarajatlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha hujjatlar yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:

·       chekka qishloq va ovullarda ilm-fan, sport, san’at va madaniyat, kitobxonlik yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni tashkil etish uchun zarur jihozlar xarid qilish;

·       nogironligi bo‘lgan yoki bemor yoshlarga zarur birlamchi tibbiy anjomlar va dori vositalarini ijtimoiy xodim bilan birgalikda xarid qilish.

“Mahalla budjeti” tizimi doirasida amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oy yakuni bilan kelgusi oyning 5-sanasiga qadar “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi.

Manba: PQ–402-son, 25.12.2023-y.