Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan M AʻL U M O T


Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

2023-yilning 12 oyi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 6 080 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 4 739 tasi hal etilib, shundan 2 518 ta murojaat qanoatlantirilgan, 2 221 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 77 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 551 tasi tegishliligi boʻyicha, 671 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2023-yilning 12 oyi davomida jami 2 895 ta murojaatlar (968 ta shikoyat, 1 927 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 185 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 981 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 299 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 23 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 24 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 1 300 ta;

boshqa sohalarga oid – 83 ta.

Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Murojaatlarning 1 828 tasi hal etilib, shundan 619 tasi (34%) qanoatlantirildi, 1 209 tasiga (66%) huquqiy tushuntirish berildi va 18 tasi (1%) koʻrmasdan qoldirilgan. Kelib tushgan jami (2 895 tadan) murojaatlarning 349 tasi (12%) tegishliligi boʻyicha, 671 tasi (23%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Xususan,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 34 foizi (53 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 51 foizi (192 ta);

Notariat va advokaturaga oid – 14 foizi (33 ta);

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid - 10 foizi (2 ta);

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 21 foizi (5 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 29 foizi (271 ta);

boshqa sohalarga oid – 83 foizi (65 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 82 ta taqdimnoma,

36 ta maʻmuriy taklif, 34 ta (15 386 mln soʻlik) daʻvo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan taʻsir choralari natijasida 14 mlrd. 360 mln 130 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 33 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda

28 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 51 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 70 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 59 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 1 627 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 261 tasi (78%) hal etilib, shundan 396 tasi (31%) qanoatlantirildi, 865 tasi (69%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 270 tasi (17%) tegishliligi boʻyicha yuborilgan, 77 tasi (5%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 981 ta (454 ta shikoyat, 527 ta ariza) murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 380 tasi (39%) hal etilib, shundan 192 tasi (51%) qanoatlantirildi, 188 tasiga (49 %) huquqiy tushuntirish berilgan va 10 tasi (1%) koʻrmasdan qoldirilgan. Shuningdek, murojaatlarning 240 tasi (24%) tegishliligi boʻyicha, 338 tasi (34%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 46 ta taqdimnoma, 28 ta maʻmuriy taklif, sudlarga

15 ta (324 mln 339 ming soʻmlik) daʻvo arizalari kiritilgan.

Mazkur taʻsir choralarining natijalari yuzasidan 1 mlrd 410 mln 857 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 26 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda 28 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 15 ta hujjat bekor qilindi.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 89 ta;

- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 13 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 105 ta;

- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 56 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 11 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 6 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 15 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 9 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 1 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 13 ta;

- prokuratura organlari faoliyatiga doir 9 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 32 ta;

- adliya organlari xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan 1 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 91 ta.

Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng koʻp kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

2. Notariat va advokatura sohasida.

Notariat va advokatura sohasida jami 299 ta (118 ta shikoyat, 181 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 234 tasi (78%) hal etilgan boʻlib, shundan 33 tasi (14%,) qanoatlantirildi, 201 tasiga (86%) huquqiy tushuntirish berilgan, 59 tasi (20%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- advokaturaga oid 32 ta;

- notariatga oid 79 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 4 ta.

Diagramma 5. Notariat va advokaturaga oid kelib tushgan shikoyatlarning sohalar kesimida tahlili.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 185 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 2 911 tasi hal etilib, shundan 1 899 ta murojaat qanoatlantirilgan, 1 102 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va

59 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 202 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

Shikoyatlar boʻyicha:

2023-yilning 12 oyi davomida jami 2 215 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 2 061 tasi (93%) hal etilib, shundan 1 533 tasi

(74%) qanoatlantirilgan, 528 tasiga (26%) huquqiy tushuntirish berilgan, 105 tasi (5%) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 45 tasi (2%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilgan shikoyatlar tahlili.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 373 ta taqdimnoma, 103 ta maʻmuriy taklif, sudlarga

558 ta (27 060 520 ming soʻmlik) daʻvo arizalari kiritilgan.

Mazkur taʻsir choralarining natijalari yuzasidan 40 mlrd 198 mln 815 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 91 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda 15 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 58 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 1 041 ta (780 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- taʻlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 69 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 196 ta;

- uy-joy masalasida 97 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 26 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 36 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 42 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 11 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 25 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 3 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga doir 1 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 661 tani tashkil etmoqda.

Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2023-yilning 12 oyi davomida jami 970 ta ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 850 tasi (88%) hal etilib, shundan 366 tasi (43%) qanoatlantirilgan,

484 tasiga (57 %) huquqiy tushuntirish berilgan boʻlib, kelib tushgan jami arizalarning 97 tasi (10%) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan,

14 tasi (1%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 105 ta;

kadrlar masalasida 11 ta;

notariatga oid 2 ta;

boshqa masalalarda 846 ta arizalar kelib tushgan.

IV. Boʻlimlar tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boʻlimlar tomonidan jami qabullar davomida 2 617 ta murojaat qayd qilingan boʻlib, shulardan 931 tasi sayyor qabul paytida, 1 686 tasi shaxsiy qabul jarayonida qabul qilingan.

Shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning

2 460 tasi (94%) hal etilib, shundan 1 728 tasi (70%) qanoatlantirilgan, 732 tasiga

(30%) tushuntirish berilgan, 134 tasi (5%) taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 17 tasi (0.6%) koʻrmasdan qoldirilgan.

V. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

- Norin tumani (hal etilgan 100 ta, qanoatlantirilgan 86 ta (86%);

- Uchqoʻrgʻon tumani (hal etilgan 147 ta, qanoatlantirilgan 126 ta (85,7%);

- Namangan tumani (hal etilgan 114 ta, qanoatlantirilgan 91 ta (79,8%);

- Davlatobod tumani (hal etilgan 99 ta, qanoatlantirilgan 79 ta (79,8%);

- Toʻraqoʻrgʻon tumani (hal etilgan 303 ta, qanoatlantirilgan 235 ta (77,6%) adliya boʻlimlari tomonidan yuqori koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.

Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:

- Uychi tumani (hal etilgan 73 ta, qanoatlantirilgan 50 ta (68,5%);

- Mingbuloq tumani (hal etilgan 92 ta, qanoatlantirilgan 62 ta (67,4%);

- Chust tumani (hal etilgan 262 ta, qanoatlantirilgan 168 ta (64,1%) adliya boʻlimlari tomonidan past koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.

Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qatʻiy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini taʻminlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini kuchaytirish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida eʻtibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida eʻtibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.

 

 Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi