Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adolat yoʻli xiyonat koʻchasi bilan kesishmaydi


Men Adliya tizimida uzoq yillar mehnat qilib kelgan faxriy huquqshunos sifatida soʻnggi paytlarda boʻlayotgan ayrim noxush ishlardan tashvishdaman. Xususan, tizimda ishlab, u yerda boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarni va maqsadlarni koʻra-bila turib oʻz hamkasblariga tuhmat toshlarini otish na huquqshunos kasbiga, na adolat tushunchasiga toʻgʻri kelmaydi.

Adliya tizimi katta oila, undagi adolat, fidoyilik, birdamlik, ahillik, ishonch kabi qadriyatlar yillar davomidagi mashaqqatli mehnat va tajribalar orqali orttirilgan. Yoshlarga murojaat qilgan adliya faxriylari, avvalo, ushbu sohaning kelajagi uchun jonkuyar insonlardir. Ular oʻz fiklari bilan “Halollik har bir ishning unumi va barakasini belgilaydi” degan hayotiy tajribani taʼqidlamoqchi boʻldilar.

Aslida haqiqat ham shu. Tizimda yaratilgan ijobiy va doʻstona muhit, jamoaviy birdamlik, xodimlarning bir-biriga yordamlashib ish olib borishi, oʻzaro ishonch va xurmat bularning bari ustozlar yaratgan maktab.

Shu kasbni oʻzi uchun sharaf bilgan har bir xodim adliya qadriyatlariga sodiq turadi. Chunki ertaga biz ham kimgadir oʻrnak sifatida eʼtirof etilishimiz uchun halollikda ham, fidoyilikda ham boshqalarga namuna boʻla olishimiz kerak.

Oʻz hamkasbiga tuhmat qilib, odil sud tomonidan qilgan daʼvolari isbotlanmagach, har yerda oʻzini jabrdiyda koʻrsatib diydiyo qilib yurish esa mardning ishi emas.

Oʻylaymanki. Tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar aqlli va mulohazali. Ular ushbu holatdan yetarli va toʻgʻri xulosa chiqadilar.


Adliya faxriysi
E.Inoyatov