Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Chempion aniqlandi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan vodiy adliya boshqarmalari mintaqaviy seminarning so'ngida sportning mini futbol turi bo’yicha musoboqa o’tkazildi.
Unda Namangan, Andijon va Farg'ona viloyat adliya boshqarmalari hodimlari o'zaro bellashdilar.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Andijon viloyat adliya boshqarmasi jamoasini 6:1 hisobida mag'lub etdi.
O'zaro bahslarga boy va qizg'in kechgan final uchrashuvida Namangan va Farg'ona viloyat adliya boshqarmalari to'p surishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtda durang, ya'ni 1:1 hisobida saqlanib turdi va yakunda penaltilar seriyasida musoboqa mezboni Namangan jamoasi Farg'ona jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etib, "VODIY KUBOGI" ni boshlari uzra ko'tarishdi.

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi